Blog

Diqqat

CMS (content management system – kontentni boshqaruv tizimi) – tayyor shablonli
tuzilmalar, ma’lumotlarni kiritish va dizayn ishlariga mo’ljallangan funksiyalar to’plamidan
iborat platforma Shuningdek, CMS matnli va multimediali sahifalardan iborat saytlarni qulay
va cson yaratish hamda o’zgartirish (qo’shish, tahrirlash va o’chirish) imkonini beradigan
boshqaruv tizimidir
CMS saytda yangi sahifalar yaratish, mahsulotlar katalogini o’zgartirish, buyurtma berish
kabi aravonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham beradi

CMS Nima

So’nggi yillarda internet omma hayotiga shunchalik jadal ta’sir
ko’rsatmoqdaki, bu bilan u nafaqat inson hayotining muhim
qismiga aylanmoqda, balki biznes loyihalarning rivojlanishida
hal qiluvchi omil vazifasini ham o’tamoqda. Internet tarmog’i
kompaniyalarga o’z biznesini yuritish va rivojlantirishda katta
yordam berish bilan bu jarayonlarda asosiy rol o’ynamoqda,
shuningdek, u barcha uchun tengi yo’q aloqa vositasi hamdir.
Internet virtual axborot makoni bo’lib, bu makon millionlab web-
saytlardan iborat.
Siz ham o’z saytingizni yaratib, ushbu makonning bir qismiga
aylanishingiz mumkin. Buning uchun professional yoki tajribali
dasturchi bo’lishingiz yoki g’oyangizni amalga oshirish uchun
dizayner, dasturchi mutaxassislar jamoasini yollashingiz shart
emas, balki oddiygina CMSdan foydalanish ko’nikmalariga ega
bo’lsangiz kifoya.